Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Namangan viloyatida "Xavfsiz xonadon oyligi" doirasida aholi xavfsizligini ta’minlash, hududlarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda holatlarning oldini olishga qaratilgan tizimli tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda "Davlatobodtumangaz" gaz ta’minoti bo‘limi mutaxassislari hamkorligida tumandagi ko‘p qavatli uylar aholisi bilan keng qamrovli targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi.
Tadbir davomida qish mavsumida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yong‘in, chaqnash, is gazidan zaharlanish holatlari kabi favqulodda vaziyatlarning kelib chiqish sabablari va ularning oldini olish choralari bo‘yicha atroflicha tushunchalar berildi. Shuningdek, gazchilar tomonidan tabiiy gazdan xavfsiz foydalanish, gaz jihozlarini soz holatda saqlash va ulardan belgilangan qoidalarga amal qilgan holda foydalanish zarurligi alohida ta’kidlandi. Tadbir yakunida aholiga xavfsizlik qoidalari aks etgan targ‘ibot eslatmalari tarqatildi.
Bunday tadbirlar aholi o‘rtasida hushyorlikni oshirish, xavfsizlik madaniyatini mustahkamlash hamda har bir xonadonda xavfsiz muhitni yaratishga xizmat qilmoqda.
"Hududgaz Namangan" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati