Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Namangan viloyatida aholini suyultirilgan gaz bilan barqaror, qulay va shaffof ta’minlash borasida izchil islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Chortoq tumanida zamonaviy Face ID tizimi asosida gaz yetkazib berish yo‘lga qo‘yilgan bo'lib, bu jarayon aholiga xizmat ko‘rsatish sifatini yangi bosqichga olib chiqdi.
Bugungi kunda mazkur tizim orqali Chortoq tumanidagi jami 28 891 nafar iste’molchi suyultirilgan gaz bilan uzluksiz ta’minlanmoqda. Aholi foydalanayotgan maishiy gaz ballonlari soni esa 33 521 donani tashkil etadi. Face ID texnologiyasining joriy etilishi hisob-kitoblarda aniqlikni ta’minlab, inson omili bilan bog‘liq xatoliklarning oldini olishga xizmat qiladi.
2025-yil davomida “Chortoqtumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan aholiga jami 4 295,5 tonna suyultirilgan gaz yetkazib berildi. Bu ko‘rsatkich hududda aholi ehtiyojini qondirishga qaratilgan samarali ishlar natijasi ekanini yaqqol ko‘rsatadi.
"Hududgaz Namangan" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati