Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Barcha iste’molchilarga 3 ta gaz to‘ldirish shoxobchalari orqali gaz yetkazib berish yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu gaz to‘ldirish shoxobchalarning oylik gaz to‘ldirish quvvati 1 900,8 tonna, gaz saqlash quvvati esa 3 885,0 tonnani tashkil etadi.
Bir vaqtning o‘zida 6 ta maxsus gaz tashish avtotransportlari xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘lib, iste’molchilarga jami 21 dona maxsus maishiy gaz ballonlari tashuvchi ISUZU avtotransportlari xizmat ko‘rsatmoqda. Shu bilan birga, filiali xususiy “Sirdaryo Propan GTS” gaz to‘ldirish stansiyasi xizmatidan ham foydalanadi.
Suyuqlashtirilgan gazni aholi va korxonalarga yetkazib berishda mavjud infratuzilmani takomillashtirish va boshqaruv tizimini optimallashtirish maqsadida, “gaz to‘ldirish inshooti – iste’molchi” printsipi asosida Oqoltin tumanida “Zamin Eco Tur” MChJ yangi gaz to‘ldirish punkti ishga tushirildi. Bu orqali Oqoltin, Sardoba va Mirzaobod tumanlaridagi gaz yetkazib berish jarayoni tezlashtirildi hamda sifatli xizmat ko‘rsatish amaliyoti joriy etildi.
Shuningdek, “Sayxunobod” gaz to‘ldirish shoxobchasi viloyatning Boyovut, Xovos, Guliston va Sayxunobod tumanlariga xizmat ko‘rsatsa, “Sirdaryo Propan GNS” gaz to‘ldirish shoxobchasi orqali Sirdaryo tumani va Baxt shahri iste’molchilari ta’minlanadi.
Suyultirilgan gaz ballonlari onlayn nazorat tizimiga o‘tkazish ishlari viloyatda jadallik bilan olib borilmoqda. Bugungi kunda maishiy gaz ballonlarga shtrix kodli stikerlar o‘rnatilgan hamda barcha iste’molchilar ID kartalar bilan ta’minlangan. Bu esa gaz yetkazib berishning shaffofligi va sifatini oshirishga xizmat qilmoqda.