Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Har qanday sharoitda ham aholini zangori olov bilan ta'minlash "Hudugaz Namangan" gaz ta'minoti filialining asosiy vazifalaridan biridir.
Ayni paytda qish mavsumida iste’mol hajmining keskin oshishini inobatga olgan holda, filial tomonidan aholi xonadonlarini tabiiy gaz bilan uzluksiz ta’minlash yo‘lida barcha zaruriy choralar ko'rilmoqda. Xususan, viloyatning barcha hududlarida gaz tarmoqlarining texnik holatini doimiy nazorat qilish, nosozliklarning oldini olish va yuzaga kelgan avariyaviy holatlarni tezkor bartaraf etish ishlari muntazam amalga oshirilmoqda.
Mutaxassislar tomonidan gaz quvurlari, taqsimlash punktlari va isteʼmolchilarga yetkazib beruvchi tarmoqlar belgilangan jadval asosida ko‘zdan kechirilib, rejim sozlash ishlari olib borilmoqda.
"Hududgaz Namangan" gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati