Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
"Hududgaz Namangan" gaz ta’minoti filiali va uning barcha hududiy bo‘limlari tomonidan viloyat aholisini tabiiy gaz bilan uzluksiz ta’minlash maqsadida kecha-kunduz, ya’ni, 24/7 rejimida samarali faoliyat olib bormoqda.
Shuningdek, mutaxassislar gaz tarmoqlarining barqaror ishlashi, avariyaviy holatlarni oldini olish hamda iste’molchilarga xavfsiz gaz yetkazib berishga alohida e’tibor qaratishmoqda. Buning uchun esa gaz taqsimlash punktlari koʼzdan kechirilib, tunggi rejimga sozlash ishlari olib borilmoqda.
"Hududgaz Namangan" gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati