Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
“Hududgaztaʼminot” AJ va Toshkent davlat texnika universiteti oʻrtasidagi dual taʼlim dasturi doirasida taʼlim olayotgan talabalar uchun Parkent tumaniga amaliy safar uyushtirildi.
Tadbir davomida talabalarga gaz taʼminoti tizimida joriy etilgan “avtomatlashtirilgan mahalla nazorat-hisob balansi”ning ishlash tartibi, uning vazifalari va ahamiyati boʻyicha batafsil tushunchalar berildi.
Respublikaning barcha hududlarida joriy etilgan mazkur loyiha tabiiy gazdan foydalanishda aniqlik va shaffoflikni taʼminlashga xizmat qilmoqda. Talabalar ushbu loyiha, uning samaradorligi va amaliyotga joriy etish mexanizmlari bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, tadbir ishtirokchilariga ikki bosqichli tizim, elektron gaz hisoblash uskunalari va bosim rostlagichlar boʻyicha tushunchalar berildi.
Amaliyot jarayoni talabalarga nazariy bilimlarni ishlab chiqarishdagi real jarayonlar bilan bogʻlash imkonini berdi.