Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Bugun Karmana tumanida ham aholiga tabiiy gazni uzluksiz yetkazib berish borasida qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda. “Karmanatumangaz” gaz taʼminoti bo‘limi xodimlari har qanday ob-havo sharoitida ham isteʼmolchilarga qulaylik yaratish, gaz taʼminoti doimiyligini taʼminlash maqsadida ish faoliyatini qizg‘in olib borishmoqda.
Jumladan, bugun havo harorati sovuqligi va ko‘chada yomg‘irligiga qaramay gazchilar o‘zlariga topshirilgan vazifalarni ado etishmoqda. Joylarda gaz taqsimlash qurilmalarida rejim-sozlash, gaz quvurlarini nazoratdan o‘tkazish va boshqa tadbirlar qizg‘in davom etmoqda.
Maʼlumki, aholiga tabiiy gazni bir maromda yetkazilishi maqsadida elektron gaz hisoblash uskunalariga regulyator o‘rnatilishi maqsadga muvofiq. O‘tgan yili viloyat bo‘yicha 12 mingdan ortiq aholi xonadoniga regulyatorlar o‘rnatilib, gaz taʼminoti tizimi uch bosqichlidan ikki bosqichli tizimga o‘tkazilgan edi. Bu tadbirlar joriy yilda Karmana tumanida ham davom etmoqda. Xususan, tumanning “Ko‘hnaqo‘rg‘on” mahallasidagi “Jasorat”, “Binafsha” ko‘chalarida aholi xonadonlariga regulyator o‘rnatish ishlari olib borilyapti.
- “Ko‘hnaqo‘rg‘on” mahallasida 720 dan ortiq tabiiy gaz isteʼmolchisi mavjud, - deydi “Karmanatumangaz” gaz taʼminoti bo‘limi xodimi Samad Rasulov. – Joriy yil boshidan buyon 120 ta regulyator o‘rnatilib, aholi xonadonlari ikki bosqichli tizimga o‘tkazildi. Shu bilan birga chilangarlarimiz tomonidan isteʼmolchilarga bir maromda gaz yetkazib berish maqsadida 24/7 rejimida GTQlarda nazorat, rejim-sozlash ishlari olib borilyapti.
Joriy yil davomida tuman bo‘yicha 1 820 ta xonadon uch bosqichlidan ikki bosqichliga o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Hozirga qadar esa 300 ta aholi xonadoni ikki bosqichli tizimga o‘tkazilishi taʼminlandi.
Tumanda qishning qor qirovli kunlariga qaramay xalq xizmatida bo‘layotgan gazchilar faoliyati chindan eʼtirofga loyiqdir.
“Hududgaz Navoiy” gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati