Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Baliqchi tumanining “Guzar” mahallasida 637 nafar suyultirilgan gaz iste’molchilari tuman gaz ta’minoti korxonasi tomonidan gaz bilan ta’minlanib keladi. O‘tgan yili mazkur mahalla ahliga 107 tonnadan ziyod gaz yetkazib berilgan. Shu kunga qadar iste’molchilar suyultirilgan gazni “E-gaz” tizimi bo‘yichsa maxsus ID kartalar orqali olishar edi. Yangi yildagi ilk gaz bilan ta’minlanish esa Face ID tizimi orqali amalga oshirilishi boshlandi.
“...Bugun “Guzar” mahalla fuqarolar yig‘iniga joriy yildagi ilk marta gaz yetkazib berish ishlarini boshlanishi-, deydi “Baliqchitumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi aholiga suyultirilgan gaz yetkazib berish xizmati yetakchi muhandisi Izzatbek Abdullajonov. – Tumanimizdagi 38 mingdan ziyod iste’molchilarga mazkur tizim bo‘yicha gaz yetkazib berish ishlarini tashkil qilganmiz. Bugun “Guzarlik”liklar ilk marotaba mazkur tizimdan foydalanmoqda..”
Tuman gaz ta’minoti bo‘limi chilangarlari gaz yetkazib berish mobaynida aholiga yangi tizimning qulayligi, undan maqsad va afzalliklari haqida tushunchalar berib ketishmoqda. Bunda har bir xonadon vakillarining pasport ma’lumotlari tizimdagi maxsus bazaga kiritilmoqda va integratsiya jarayonlari amalga oshirilyapti. Tizimning aholi uchun qulayligi shundaki, endi suyultirilgan gaz olishda va maishiy gaz ballonlarni almashtirishda xonadon egalaridan 16 yoshdan katta bo‘lgan har qanday vakil ishtirok yetarli bo‘ladi. Bu esa gazni manzilli yetib borishini ta’minlaydi.
“Guzar” mahallasi fuqarolari ham yangi tizimning ish boshlaganidan mamnun. Ular ham endi gaz yetkazib berish vaqtida oila a’zolaridan biron kishini qatnashishi talab etilishi kerak bo‘lishini tushundilar. Shuningdek, chilangarlar tomonidan gaz yetkazib berishda maishiy gaz ballonlardan foydalanish qoidalari bo‘yicha tavsiyalar olmoqdalar.
“Hududgaz Andijon” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati