Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Yurtimizda kuzatilayotgan sovuq havo harorati paytida aholiga bir maromda tabiiy gaz yetkazib berishda gaz taqsimlash qurilmalarining sozligi va quvurlarni gaz o‘tkazuvchanligi asosiy o‘rin tutadi.
Oltinko‘l tumanida bugungi kunda 669.5 km gaz quvurlari orqali iste’molchilarga tabiiy gaz yetkazib berilmoqda. Mazkur quvurlarning 48.7 km yer ostida, 620.8 km qismi esa yer ustida joylashgan. Bugunga qadar chilangarlar tomonidan 620 km quvurlar qayta nazoratdan o‘tkazildi. Shuningdek, mavjud 143 ta gaz taqsimlash qurilmalarida ham sozlash, rejali ko‘rik ishlari amalga oshirilmoqda.
“...Kuni kecha, “Oltinko‘l-1” gaz taqsimlash shoxobchasi chiqish qismidagi aholi tarmoqlari hamda 4 dona gaz taqsimlash qurilmalarini nazoratdan o‘tkazdik, - deydi “Oltinko‘ltumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi chilangari Xurshidbek Omonov. - Shuningdek, “Oltinko‘l-2” avtomatik gaz taqsimlash shoxobchasidan chiqishdagi aholi va ulgurji iste’molchilar uchun chiqarilgan kollektorda me’yorlashtirish va sozlash ishlari bajarildi. “Oltinko‘l-Markaz” yo‘nalishidagi harakatdagi yer ustida joylashgan o‘rta bosimli diametri D-219 mm bo‘lgan gaz tarmog‘i maxsus uskuna yordamida tekshirildi va gaz sizib chiqishi aniqlanmadi...”
Qishning qahraton kunlarida ishlashni o‘zi bo‘lmaydi. Mana shunday kunlarda ham aholiga gaz yetkazib berishda chilangarlarning xizmati beqiyos. Kunlik gaz tarmoqlarining nazorati hamda gaz taqsimlash qurilmalaridagi rejim-sozlash ishlarini olib borish havo haroratining darajasidan qat’iy nazar olib borilmoqda. Soha xodimlari esa mana shunday sovuq kunlarda ham o‘z vazifalarini mas’uliyat bilan amalga oshirmoqdalar.
“Hududgaz Andijon” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati