Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Iste’molchiga maishiy gaz balloni yetkazib berildi.
Jondor tumanining “Ibn Sino” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro Dilmurod Norov tuman gaz ta’minoti bo’limiga maishiy gaz ballon so’rab murojaat qildi. Iste’molchi arizasi qanoatlantirildi.
Ta’kidlash lozim, iste’molchi murojaati tuman gaz ta’minoti mas’ullari tomonidan o’rganildi. O’rganishlardan so'ng murojaat ijobiy jihatdan hal etildi. Fuqaroga barcha hujjatlarni rasmiylashtirish haqida ko’rsatmalar berildi. Hujjatlar rasmiylashtirildi, gaz ta’minoti bo’limi tomonidan maishiy gaz balloni yetkazib berildi. Endi fuqaro har 30-35 kun davomida suyultirilgan gaz bilan ta’minlanadi.
Dilmurod Norov:
“Maishiy gaz balloniga ehtiyojimiz bor edi. Tuman gaz ta’minoti bo’limiga murojaat qildim. Murojaatim xodimlar tomonidan kelib o’rganildi. Gaz ballon olish uchun hujjatlarni rasmiylashtirish haqida tushuntirildi, barchasi online amalga oshirilar ekan, minnatdorman, tezkorlik bilan hal etildi. Gaz ballonni keltirib berishdi, to’lovlar ham online, muhimi, endi osh-ovqatimiz o’z vaqtida tayyor bo’ladi”.