Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Gaz ta’minotida faoliyat olib borish aslida juda katta mas’uliyat hisoblanadi. Bugun tizimda minglab xodimlar mehnat qilmoqda. Ularning har biri o’z ishiga e’tibor bilan yondashar ekan, sadoqat bilan xizmatda bo’lishni oldiga maqsad qilib qo’ygani ham bejizga emas. Yil o’n ikki oy ular mehnatining mashaqqati bisyor, ammo har qanday mashaqqat ortida xalq farovonligini ko'rish mumkin.
Tizim xodimlarining shijoatini qancha qadrlasak ham oz. Gaz ta’minoti filialda bugun ana shunday o’z kasbining fidoiylari bo’lgan, 30 yildan ortiq ishlab kelgan, muborak 60 yoshni qarshi olayotganlar faoliyati filial va Boshlang’ich Kasaba uyushmasi tomonidan e’tirof etildi. 33,37 va 39 yil mobaynida mehnat qilish, aniq bir maqsad sari birlashish – bu shunchaki oddiy yo’l emas, balki tarixiy kitobdir. Ularning kitobi varaqlandi, shijoati esa o’rnak qilib ko’rsatildi. Faoliyatlari bilan bog’liq voqealar yodga olindi.
Tadbir so’ngida korxona mas’ullari barcha xodimlarni kirib kelayotgan yangi – 2026-yil bilan tabriklab, o’zlarining ezgu maqsad va tilaklarini bildirishdi.
“Hududgaz Buxoro” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati