Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Namangan shahar "Barkamol avlod" sport majmuasida "Hududgaz Namangan" gaz ta’minoti filiali xodimlari o‘rtasida sport musobaqalari bo‘lib o‘tdi.
Tadbir jamoa ruhini mustahkamlash, xodimlarning jismoniy tayyorgarligini oshirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida tashkil etildi.
Ishtirokchilar tosh ko‘tarish, futbol toʻpini darvozaga yoʼllash va basketbol savatiga to‘p tashlash bo‘yicha o‘z mahoratlarini sinab ko‘rdilar. Har bir bellashuv qizg‘in tarzda o‘tdi.
Musobaqa yakunida g'oliblarga filial boshlang'ich kasaba uyushmasi tomonidan esdalik sovg'alari topshirildi.
"Hududgaz Namangan" gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati