Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Gaz ta’minoti tizimida uzoq yillar davomida fidokorona mehnat qilib kelayotgan malakali mutaxassislar faoliyati alohida e’tirofga loyiq. Shunday mehnatkash xodimlardan biri — Abdullayev Nizomjon Husanovichdir.
U 1991–1998-yillar davomida “Chortoqtumangaz” gaz ta’minoti bo‘limida chilangar lavozimida faoliyat yuritib, tizimning ishlab chiqarish jarayonlari va texnik talablarini puxta egalladi. 1998-yildan buyon esa payvandchi sifatida samarali mehnat qilib, gaz tarmoqlarining ishonchli va xavfsiz ishlashiga munosib hissa qo‘shib kelmoqda.
Nizomjon Husanovich o‘z kasbiga mas’uliyat bilan yondashishi, texnika xavfsizligi qoidalariga qat’iy amal qilishi hamda tajribasini yosh mutaxassislarga o‘rgatib borishi bilan jamoa orasida katta hurmat qozongan. Uning mashaqqatli va halol mehnati tufayli ko‘plab ishlab chiqarish vazifalari o‘z vaqtida va sifatli bajarilib kelinmoqda.
Bugungi kunda u 34 yildan buyon tanlagan kasbiga sadoqat bilan xizmat qilib, gaz ta’minoti sohasida fidokorona mehnat qilayotgan ilg‘or ishchilardan biri sifatida tan olinadi. Bunday mehnatkash insonlar tajribasi va sadoqati sohaning barqaror rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi.
"Hududgaz Namangan" gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati