Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Bugungi kunda aholini suyultirilgan gaz bilan uzluksiz va bir me’yorda ta’minlash masalasi "Hududgaz Namangan" gaz ta'minoti filialining dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Shu maqsadda “Namanganshahargaz” gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan Namangan shahar, Davlatobod hamda Yangi Namangan tumanlarida izchil ishlar amalga oshirilmoqda.
Mazkur hududlarda bugungi kunda jami 66 231 nafar suyultirilgan gaz iste’molchilari mavjud bo‘lib, ulardagi maishiy gaz ballonlar soni esa 75885 donani tashkil etadi. Aholi ehtiyojini to‘liq qondirish hamda yetkazib berishda uzilishlarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida ta’minot jarayonlari reja-grafik asosida olib borilmoqda.
Xususan, 2025-yil davomida “Namanganshahargaz” gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan Namangan shahar, Davlatobod hamda Yangi Namangan tumanlari aholisi uchun jami 11 629,1 tonna suyultirilgan gaz yetkazib berildi. Shuningdek, mutaxassislar tomonidan suyultirilgan gazdan to‘g‘ri va xavfsiz foydalanish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlari ham doimiy yo‘lga qo‘yilgan.
"Hududgaz Namangan" gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati