Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
“Gulistonshahargaz” gaz ta’minoti bo‘limida gaz ta’minoti obyektlarini texnik tiklash va ishlatish xizmati elektrogazpayvandchisi lavozimida ishlab kelayotgan Suvanov Ma’mur Abduraxmanovich muborak 60 yoshini qarshi oldi.
Mazkur sana munosabati bilan “Gulistonshahargaz” gaz ta’minoti bo‘limi majlislar zalida tantanali tadbir tashkil etildi. Unda filialning Boshlang‘ich kasaba uyushmasi qo‘mita raisi hamda jamoa xodimlari ishtirok etdi.
Tadbir davomida filial direktori nomidan Suvanov Ma’mur Abduraxmanovichning 60 yoshga to‘lishi munosabati bilan yo‘llangan tabrik o‘qib eshittirildi hamda esdalik sovg‘alari topshirildi. Shuningdek, yig‘ilganlar tomonidan xodimning ko‘p yillik halol mehnati, kasbiga sadoqati va jamoadagi o‘rni alohida e’tirof etildi.
Bunday tadbirlar mehnat faoliyati davomida o‘zini namuna ko‘rsatgan fidoiy xodimlarni qadrlash, jamoada sog‘lom ma’naviy muhitni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.