Toshkent viloyati, Toshkent tumani, “Sabzavot” Mahallasi hududidan o’tgan yuqori bosimli d-530 mmli gaz quvuriga “Hududgaz Poytaxt” GTF xodimlari tomonidan hisoblagich o’rnatish ishlari rejalashtirilmoqda. Shu sababli 2022-yil 1-noyabr kuni soat 10:00 dan Yunusobod tumani, 2-3-4-5-6-7-8-9-10-11-12-13-14-15-16-17-18-19-mavzelarda, ”Posira”, “Bobodehqon”, “Oqtepa”, “Obod”, “Bog’i bo’ston”, “Gullola”, “Oqibat”, “Yangi ariq”, “Turk qo’rg’on”, “Registon”, “Moy qo’rg’on”, “Bodomzor”, “Bo’zsuv”, Islomobod, Usta Shirin, Adullayeva, “Otchopar” 1-2 mahallalarida.
Yuqorida ko’rsatib o’tilgan manzillardagi barcha turdagi ulgurji tashkilotlarida, jumladan, Toshkent xalqa avtomobil yo’li ko’chasida joylashgan yuqori bosimli gaz quvuriga ulangan yirik ishlab chiqarish korxonalarida, “Laziz savdo biznes”, “Aleks plyus biznes”, “Delyuks trans servis”, “Yunusobod metan servis”, “Edem bolalar uyi”, “Dream gaz”, “Hablot gaz” Avtomobillarga gaz to’ldirish kompressor shoxobchalarida ta’mirlash ishlari yakuniga yetgunga qadar gaz ta’minoti vaqtinchalik to’xtatilishini ma’lum qilamiz.
“Hududgaz Poytaxt” gaz taʼminoti filiali taʼmirlash ishlari tufayli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun tabiiy gaz isteʼmolchilardan uzr soʻraydi.
“Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmat