Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Jamiyat faoliyatining maqsadi, asosiy yoʻnalishlari va funksiyalari
JAMIYAT FAOLIYATINING MAQSADI, ASOSIY YOʻNALISHLARI VA FUNKSIYALARI
Jamiyat oʻz faoliyatini tijorat asosida amalga oshiradi va faoliyat sohasining asosiy maqsadi foyda olishdir. Jamiyat faoliyatining maqsadlari:
tabiiy gaz taqsimlash tarmoqlari va suyultirilgan gaz yetkazib berish infratuzilma obyektlari tizimining xavfsiz va ishonchli ishlab turishini hamda isteʼmolchilarga tabiiy va suyultirilgan gazni uzluksiz ravishda yetkazib berilishini taʼminlash ehtiyojlari qanoatlantirilishini taʼminlaydi;
gaz taʼminoti tizimini rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqadi;
tabiiy gazni ushbu tabiiy gaz magistral gaz uzatish tizimi orqali yetkazib berilgan taqdirda – “UzGasTrade” AJdan, shuningdek, toʻgʻridan-toʻgʻri gaz taqsimlash tarmoqlariga yetkazib berilgan taqdirda - tabiiy gaz ishlab chiqaruvchilardan oldi-sotdi shartnomalariga asosan sotib olish;
tabiiy va suyultirilgan gazni yakuniy isteʼmolchilarga taqsimlovchi va sotuvchi hududiy gaz taʼminoti filiallarini boshqaradi;
taqsimlovchi gaz tarmoqlarini rekonstruksiya qilish, modernizatsiyalash, rivojlantirish tadbirlarini amalga oshiradi;
gaz taqsimlash tarmoqlaridan foydalanish ustidan nazoratni amalga oshiradi;
gaz taʼminoti sohasidagi normativ hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;
isteʼmolchilarning gaz taʼminoti obyektlaridan foydalanishni tashkil etishi ustidan texnik va texnologik nazoratni amalga oshiradi;
gaz taqsimlash tarmoqlari obyektlarida elektr energiyasi va yoqilgʻi-energetika resurslaridan oqilona foydalanish chora-tadbirlarining ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini tashkil etadi;
gaz taqsimlash tarmoqlari obyektlarida mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasiga doir ishlarni muvofiqlashtirilishini amalga oshiradi;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Jamiyat faoliyatining asosiy yoʻnalishlari va vazifalari quyidagilardan iborat:
Respublika iqtisodiyoti va aholisini tabiiy va suyultirilgan gaz bilan barqaror taʼminlash;
gaz tarmoqlarini rivojlantirishning qisqa muddatli va uzoq muddatli istiqbollarini hamda maqsadli dasturlarini ishlab chiqish;
tabiiy va suyultirilgan gazni ishlab chiqarish va isteʼmol qilish balanslarini shakllantirishda qatnashish;
gaz taqsimlash tarmoqlarini zamonaviy asbob-uskunalar va ilgʻor texnologiyalar asosida, shu jumladan xorijiy investitsiyalar hisobiga, rekonstruksiya qilish, zamonaviylashtirish, texnika bilan qayta jihozlash va yanada rivojlantirish;
tabiiy va suyultirilgan gazni uzatishda texnologik yoʻqotishlarni (isroflarini) kamaytirish chora-tadbirlarini amalga oshirilishini tashkil etish;
gaz taqsimlash tarmoqlari obyektlarida ishlash va xizmat koʻrsatish uchun kadrlarini tayyorlash va qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirishni tashkil etish marketing tadqiqotlarini tashkil etish;
xorijiy korxona va jamiyatlar bilan iqtisodiy, texnikaviy, texnologik va investitsion hamkorlikni har tomonlama kengaytirish;
respublika va dunyo bozori konyukturasini oʻrganish negizida gaz taqsimlash tarmoqlari obyektlarini modernizatsiyasiga va kengaytirilishiga investitsiyalarni jalb etish;
Jamiyat faoliyatida va tizimdagi korxonalarda yangi texnologiyalarni va menejmentning ilgʻor usullarini joriy etish;
boshqaruv tizimiga va gaz taʼminoti boʻyicha xoʻjalik aloqalariga bozor tamoyillari va mexanizmlarini joriy etish;
gaz taqsimlash tarmoqlari quvvatlarning oʻzaro bogʻlangan va muvozanatlashtirilgan tarzda Jamiyatning rivojlanishi dasturlarini ishlab chiqish;
Jamiyatga tegishli boʻlgan mulkni samarali boshqarishni taʼminlash.
Qoʻyilgan vazifalarni bajarish uchun Jamiyat quyidagi funksiyalarni amalga oshirilishini taʼminlaydi:
unga berilgan huquqlar chegarasida masalalarni kompleks hal qilish va tasarrufidagi korxonalarni boshqarish;
gaz taqsimlash tarmoqlarni rivojlantirish konsepsiyasini va milliy dasturlarini ishlab chiqishda qatnashish; gaz taqsimlash tarmoqlari obyektlarida ekspluatatsiya faoliyatini, qurilish-montaj ishlarini, loyiha ishlari va tadqiqotlarni muvofiqlashtirish;
gaz taqsimlash tarmoqlari obyektlarini qayta texnik jihozlash, qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash, uskunalarni zamonaviylashtirish yoʻli bilan asosiy ishlab chiqarish fondlarini yangilash; qonunchilikda belgilangan tartibda aksiyalar va boshqa qimmatli qogʻozlarni almashtirish, sotib olish va sotish boʻyicha bitimlarni amalga oshirish;
ishlab chiqarish, tijorat va ilmiy-texnik faoliyatiga mablagʻlarni investitsiyalash;
bozor konyukturasini oʻrganish va tahlil qilish, marketing va konsalting faoliyatini amalga oshirish;
Jamiyat ijtimoiy rivojlanishi, mehnat jamoasining ijtimoiy qoʻllab quvvatlash va himoyasi boʻyicha strategiya va taktikasini shakllantirish;
Jamiyatning ishlab chiqarish va xizmat xarajatlarini kamaytirish, moliya-xoʻjalik faoliyati rentabelligini oshirish;
tabiiy va suyultirilgan gazni yetkazib berish va sotishda zamonaviy hisoblash oʻzaro hisob-kitob tizimlarini joriy etish;
yangi ishlab chiqarish, tovar, injiniring, moliya-kredit tashkiliy tuzilmalarini va ularning birikmalarini shakllantirish;
gaz taqsimlash tarmoqlari obyektlari uchun kadrlarini tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil qilish;
gaz taʼminoti tizimi xodimlarini ijtimoiy himoya qilish va korxonalarda mehnatni muhofaza qilish boʻyicha ishlarni tashkil etish;
Jamiyatning shu’ba va tobe korxonalarini barpo etish;
Jamiyat vakolati doirasida tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish.
Koʻrsatib oʻtilganlar bilan bir qatorda Jamiyat quyidagilarni ham amalga oshirishi mumkin:
yuridik va jismoniy shaxslarga konsalting, texnik xizmat koʻrsatish, axborot, lizing va marketing xizmatlarini koʻrsatish;
franchayzing faoliyatini amalga oshirish;
savdo koʻrgazmalari va yarmarkalarida qatnashish va ularni uyushtirish;
“nou-xau” patentlarini va ratsionalizatorlik takliflarini sotib olish va sotishni amalga oshirish.
Jamiyat Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida taqiqlanmagan boshqa faoliyat turlarini ham amalga oshirishga haqlidir. Maxsus ruxsatnoma (litsenziya) olishni talab qiladigan faoliyat turlari bilan Jamiyat shunday litsenziya olganidan keyin shugʻullanishi mumkin.
Taxririyat sanasi: 10.09.2025 11:55
Izoh o'chirildi
Saytdagi barcha yangilik va xabarlardan muntazam xabardor bo'lish uchun a'zo bo'ling!
Ro'yxatdan o'tish muaffaqiyatli yakunlandi. Endi siz pochtangiz orqali barcha yangiliklarni kuzatib borishingiz mumkin!
Savol va takliflaringizga javob olish uchun ushbu qismdan foydalaning. Xizmat sifatini yaxshilash uchun operatorlarimiz sizga murojaat qiluvchi shaxsiy telefon raqamingiz va ism-sharifingizni to'ldiring!