Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Sergeli tumani “Yuqori darxon” MFY, Navro'z ko‘chasida joylashgan d-159mmli o‘rta bosim gaz quvuriga, gaz hisoblagich o'rnatish ishlari “Hududgaz Poytaxt” GTFning “Sergelitumangaz” va “Yangihayottumangaz” gaz ta’minoti bo‘limlari tomonidan amalga oshirish rejalashtirilgan. Shu tufayli joriy yilning 31-mart kuni soat 11:00dan 18:00ga qadar quyidagi tabiiy gaz iste’molchilarida gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi.
Shundan Sergeli tumani aholi iste’molchilari:
- Navro'z, Yorqin hayot ko‘chalaridagi jami 528 ta uy xo'jaliklarida.
Sergeli tumani ulgurji iste’molchilari:
- Maktab – 1 ta; - MMT – 1 ta; - Nonvoyxona – 4 ta; - Maishiy ishlab chiqarish korxonasi – 5 ta.
Yangihayot tumani aholi va ulgurji iste’molchilari:
- Navro'z, Past darxon ko‘chalaridagi jami 250 ta uy xo'jaliklarida hamda 7 ta ulgurji iste'molchilarida.
Ta'mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta'minoti qayta tiklanadi. Yetkazilayotgan noqulayliklar uchun "Hududgaz Poytaxt" gaz ta'minoti filiali iste'molchilardan uzr so'raydi.
"Hududgaz Poytaxt" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati