Hozirgi vaqtda magistral gaz quvurlarida bosimning pasayishi natijasida gaz taʼminoti xodimlari tomonidan eng avvalo aholi va ijtimoiy soha obyektlarini uzluksiz tabiiy gaz bilan taʼminlash boʻyicha barcha zaruriy choralar koʻrilmoqda.
Shu munosabat bilan Namangan viloyatidagi mavjud Avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchalariga (AGTKSH) viloyat hokimligi hamda tegishli korxona va tashkilotlar tomonidan tasdiqlangan grafiklarga oʻzgartirishlar kiritilmoqda.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, magistral gaz tarmoqlarida bosim belgilangan meʼyorga kelgandan soʻng AGTKSHlarga bosqichma bosqich tabiiy gaz yetkazib berilishini maʼlum qilamiz.
“Hududgaz Namangan” GTF keltirilgan noqulayliklar uchun uzr soʻraydi.
O`z
Menu
Kengaytirilgan qidiruv
