Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Bugun gaz ta’minoti filialida “14-yanvar kuni “Yangi O’zbekiston armiyasi – mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri, yuksak g’urur va sadoqat timsolidir” mavzusida “ma’rifat soati” tashkil etildi. Bo’lib o’tgan davra suhbatida O’zbekiston armiyasi, harbiy sohada erishilgan yutuqlar, tizimdagi yangicha yondashuvlar, qonunchilikdagi muhim o’zgarishlar to’g’risida ma’lumot berildi.
Ta’kidlash lozim, 1991-yil 6-sentabr – istiqlolning beshinchi kuniyoq tarixda ilk bor O’zbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari tashkil etilgan. 1992-yil 14-yanvar kuni esa mamlakatimiz hududidagi barcha Qurolli kuchlarni O’zbekiston Respublikasi yurisdiksiyasiga o’tkazish to’g’risida qaror qabul qilindi. O’zbekiston Respublikasining 1993-yil 29-dekabrda qabul qilingan qonuniga asosan yurtimizda 14-yanvar - “Vatan himoyachilari kuni” deb e’lon qilindi. Tadbir davomida so’nggi yillarda harbiy sohada olib borilgan yangilanishlar haqida alohida to’xtalib o’tildi. Shuningdek, soha xodimlari uchun yaratilayotgan imkoniyatlar to’g’risida tayyorlangan taqdimot ko’rsatib o’tildi.
“Hududgaz Buxoro” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati