Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Bugun “Hududgaz Buxoro” gaz ta’minoti filialida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o’ttiz to’rt yillik bayramiga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish to’g’risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun” g’oyasi asosida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Unda Respublika Ma’naviyat targ’ibot markazi targ’ibotchisi Qahramon Tursunov ishtirok etib, bugungi yangilanish davri, yaratilayotgan imkoniyatlar, kuzatilayotgan o’zgarishlar haqida to’xtalib o’tdi.
🫥 Tadbir davomida “O’zbekiston - 2030” strategiyasi va “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” Davlat dasturi doirasidagi vazifalar ijrosi haqida, shuningdek, jamiyatimizda tinchlik, do’stlik va totuvlik muhitini mustahkamlash, inson qadri, huquq va manfaatlarini ustuvor darajada ta’minlash, dunyo mamlakatlari bilan faol hamkorlikni kengaytirish maqsadida olib borilayotgan siyosiy jarayonlar to’g’risida gapirib o’tildi.
Davra suhbati fikr va mulohazlarga boy bo’ldi.
“Hududgaz Buxoro” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati