Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Ochiq muloqotta gaz ta’minotidagi yangiliklardan soʻz bordi
Ochiq muloqot dasturida "Hududgaz Jizzax" GTF xodimi tomonidan aholiga yaratilayotgan qulayliklar, xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish yo‘lida qilinayotgan ishlar hamda gaz ta’minoti tizimidagi so‘nggi o‘zgarishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Uchrashuv davomida fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlarini joyida hal etish choralari ko‘rildi. Xususan, gaz ta’minoti tizimida olib borilayotgan modernizatsiya ishlari, hisoblagichlarni yangilash va xavfsizlik choralarini kuchaytirish bo‘yicha qilinayotgan sa’y-harakatlar e’tiborga molik bo‘ldi.
"Hududgaz Jizzax" GTF bunday tadbirlarni muntazam o‘tkazib, aholining fikr va takliflarini inobatga olgan holda ish faoliyatini yanada takomillashtirishga intiladi.