Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
“Hududgaztaʼminot” AJ boshqaruv raisining tegishli topshirigʻi bilan respublikaning barcha hududlarida tabiiy gaz taʼminotida noqonuniy holatlarni aniqlash va ularni oldini olishga qaratilgan tadbirlar izchil davom ettirilmoqda.
Samarqand viloyatining Ishtixon tumanida “Hududgaz Samarqand” gaz taʼminoti filiali komplayens nazorat tuzilmalari, gaz taʼminoti boʻlimi, Oʻzeneroinspeksiya xodimlari va huquq-tartibot organlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan reyd jarayonida tabiiy gazdan oʻgʻrincha foydalanish holati fosh etildi.
Tumanning “Ishtixon” MFYda joylashgan “Ch. T.” oilaviy korxonasiga qarashli umumiy ovqatlanish maskanida tabiiy gazdan foydalanish holati oʻrganilganda, korxona egalari tegishli loyiha-texnik hujjatlariga ega boʻlmagan holda, gaz hisoblash uskunasisiz tarmoqqa yashirin yoʻllar bilan ulanib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotgani aniqlandi.
Holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, 560 million 700 ming soʻm zarar qayta hisob-kitob qilindi. Mazkur ishga oid barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.