Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Respublikamizning barcha hududlarida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash va ularni oldini olishga qaratilgan tadbirlar davom ettirilmoqda. Shunday tadbirlardan biri “Hududgaz Buxoro” gaz taʼminoti filiali komplayens nazorat tuzilmalari, shahar gaz taʼminoti boʻlimi Oʻzenergoinspeksiya va huquq-tartibot organlari hamkorligida Buxoro shahrida oʻtkazildi.
Shaharning “Shayul Olam” MFY Qarshi darvoza koʻchasida joylashgan YTT “Z. M. J.”ga qarashli “O.” nomli sauna binosida tabiiy gazdan foydalanish holati oʻrganilganda isteʼmolchi hisoblagichdan tashqari rezina shlang orqali tarmoqqa ulanib, tabiiy gazdan qonunga zid ravishda foydalanib kelayotgani aniqlandi.
Holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, 292 million 473 ming soʻm zarar qayta hisob-kitob qilindi. Barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.