Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
“Hududgaztaʼminot” AJ boshqaruv raisining tegishli topshirig‘i bilan respublikaning barcha hududlarida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash va ularni oldini olishga qaratilgan nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.
“Hududgaz Samarqand” gaz taʼminoti filiali komplayens nazorat tuzilmalari, tuman/shahar gaz taʼminoti bo‘limi, O‘zenergoinspeksiya va huquq-tartibot organlari hamkorligida Samarqand viloyatida o‘tkazilgan reydlar vaqtida qator qonunbuzilish holatlari aniqlandi.
Oqdaryo tumani “Mustaqillik” MFYda joylashgan ko‘p qavatli bino tegishli texnik hujjatlarsiz, taʼminot tashkiloti bilan shartnoma imzolanmasdan gaz tarmog‘iga ulangani maʼlum bo‘ldi. Holat yuzasidan 158 million 948 ming so‘m zarar qayta hisob-kitob qilindi.
Samarqand shahar Spitamen ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqaro K. B. o‘z xonadonida issiqxona tashkil qilib, shartnoma imzolamasdan, hisoblash uskunasidan tashqari yashirin tarmoq tortib, “zangori yoqilg‘i”dan noqonuniy foydalanib kelayotgani maʼlum bo‘ldi. Isteʼmolchi bu orqali 158 million 948 ming so‘m zarar keltirgani aniqlandi.
Har ikki holat bo‘yicha barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.