Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
“Hududgaztaʼminot” AJ boshqaruv raisining tegishli topshirig‘i bilan joylarda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlashga qaratilgan tadbirlar davom ettirilmoqda.
Qarshi shahrida “Hududgaz Qashqadaryo” gaz taʼminoti filiali komplayens nazorat tuzilmalari, gaz taʼminoti bo‘limi xodimlari va huquq-tartibot organlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan reyd vaqtida tabiiy gazdan o‘g‘rincha foydalanish holati fosh etildi.
Shaharning “Bo‘ston” MFY Toshqo‘rg‘on ko‘chasida joylashgan YTT “B. B. R.”ga qarashli novvoyxonada isteʼmolchi gaz tarmog‘iga yashirin tarmoq orqali ulanib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotgani aniqlandi.
Holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, 146 million 592 ming so‘m zarar qayta hisob-kitob qilindi. Ishga oid barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.