Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Bosh prokuratura, “Hududgaztaʼminot” AJ Metrologik taʼminot boshqarmasi hamda “Hududgaz Samarqand” gaz taʼminoti filiali mutaxassislari hamkorligida Samarqand viloyati Jomboy tumanida joylashgan “Sh.” MCHJga qarashli avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchasida (AGTKSH) xatlov oʻtkazildi.
Oʻrganish vaqtida AGTKSHda oʻzboshimchalik bilan loyiha-texnik hujjatlaridan tashqari ortiqcha kompressor oʻrnatilgani va hisoblagichning ruxsat etilgan maksimal oʻlchash chegarasidan chetga chiqqan holda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelingani maʼlum boʻldi.
Holat boʻyicha dalolatnoma rasmiylashtirildi va dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, 6 milliard 480 million soʻmlik zarar qayd etildi. Barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.