Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Respublikaning barcha hududlarida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash va ularni oldini olishga qaratilgan nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.
Navbatdagi tadbirlar Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida o‘tkazildi. Gaz taʼminoti filiali komplayens nazorat tuzilmalari, tuman gaz taʼminoti bo‘limi va O‘zenergoinspeksiya xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan reyd vaqtida tabiiy gazdan qonunga zid ravishda foydalanish holati aniqlandi.
«E. M.» MCHJga qarashli asfalt ishlab chiqarish zavodida tabiiy gazdan foydalanish holati o‘rganilganga, isteʼmolchi loyiha hujjatlariga mos kelmaydigan nostandart uskunalardan foydalangani maʼlum bo‘ldi.
Holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, tabiiy gaz hajmlari qayta hisob-kitob qilindi va 187 million 638 ming so‘m zarar qayd etildi. Barcha hujjatlar huquq-tartibot organlariga yuborildi.