Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Paxtaobod tumanining “Guldiyor” mahalla fuqarolar yigʻini oʻz nomiga munosib mahallalardan biri. Bugun ushbu mahallaga borsangiz tom maʼnodagi obodlikni koʻrasiz. Qirgʻiziston Respublikasi bilan chegarada joylashgan mazkur mahallada 313 nafar suyultirilgan gaz isteʼmolchilari istiqomat qilmoqda. Mahalla ahlining 415 dona maishiy gaz ballonlari mavjud boʻlib, ballon bilan taʼminlanganlik darajasi 132 foizga tashkil qilyapti. Yil boshidan beri esa guldiyorliklarga 17 tonnadan ziyod suyultirilgan gaz yetkazib berildi.
“Bizni Paxtaobod tumanimizda 34 513 ta suyultirilgan gaz isteʼmolchilari boʻlib, yil boshidan beri isteʼmolchilarimizga 1100 tonnadan ortiq gaz yetkazib berdik, — deydi “Paxtaobodtumangaz” gaz taʼminoti boʻlimining aholiga suyultirilgan gaz yetkazib berish muhandisi Azizbek Kazakov. – Aholiga suyultirilgan gazni “mahallabay” tizim asosida yetkazib beryapmiz. Har bir mahalla bilan alohida ishlanmoqda. Shuningdek, gaz yetkazib berishdan boʻsh vaqtimizda ularga gazdan toʻgʻri va oqilona foydalanish, maishiy gaz ballonlaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga rioya qilishni targʻib qilmoqdamiz. Ob-havoning har qanday sharoitida ham gaz yetkazib berish bizni burchimiz boʻlganligi sababli, mana qalin qor vaqtida ham xizmat vazifamizni to‘xtatmadik”.
“Guldiyor” mahallasida ham suyultirilgan gaz onlayn tizim asosida yetkazib berilmoqda. Isteʼmolchilar maxsus kartalarga pul solishni va u orqali gaz olishni allaqachonlar oʻzlariga odat qilishgan. Yana bir taʼkidlash lozim boʻlgan jihati, har bir xonadon ahli oʻz uyi oldida maishiy gaz ballon bilan kutib turmoqda. Sabr bilan maxsus avtotransport vositasi kelishini kutadi. Bu esa, mahalladagi tartib va oʻzaro hurmatdan darak. Bu esa suyultirilgan gazni oʻz vaqtida va tartibli yetkazib berilishida qoʻl kelmoqda.
“Hududgaz Andijon” gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati