Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Romitan tumanining “Chandir” mahallasi Toshmachit qishlog’idagi o’rta bosimli 219 mmli yer osti gaz quvurida ish jarayonlari boshlanganligi haqida avvalroq ma'lumot bergan edik. Rejaga asosan bir yarim kmdan ortiq gaz quvurida amaliy ishlarning bajarilishi belgilangan bo’lib, jarayonlar to’liq tugatildi.
Ta’kidlash lozim, hududda umumiy hisobda 10 kmdan ortiq gaz quvurida rekonstruksiya ishlarining olib borilishi rejalashtirilgan. Ammo 13 km dan ortig’ida jarayonlar bajarildi. Bu bilan shubhasiz, tumanning 10 ta mahallasida istiqomat qiluvchi aholiga "zangori olov"ning uzluksiz yetkazib berilishi va yanada yaxshilanishiga erishiladi.
“Hududgaz Buxoro” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati