Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Izboskan tumanidagi “Yangi Boʻstonobod” mahalla fuqarolar yigʻini qoʻshni Qirgʻiziston Respublikasi bilan chegaradosh hududlarda joylashgan. Ushbu MFY oʻramida 627 ta xonadonda 3500 dan ortiq fuqarolarimiz istiqomat qilib kelmoqda.
“Mahallamiz tuman va viloyatimizning chekka hududlardan biri boʻlishiga qaramasdan suyultirilgan gaz oʻz vaqtida yetkazib berilmoqda. Belgilangan grafigimiz bor. Har oyning belgilangan kunida bizni MFY oʻramidagi isteʼmolchilarga “Izboskantumangaz” gaz taʼminoti boʻlimi xodimlari “aylanma” usul boʻyicha aholi maishiy gaz ballonlarini almashtirib ketmoqdalar”-deya maʼlumot berdi mahalla faoli Rustamjon Qodirov.
Filial tomonidan mahalla ahliga 800 dona maishiy gaz ballonlari ijara shartnoma asosida tarqatilgan. Aholining maishiy gaz ballon bilan taʼminlanganlik darajasi 128%ni, isteʼmolchilarga suyultirilgan gaz yetkazib berishning oʻrtacha davriyligi esa 35-40 kunni tashkil etmoqda.
“Shukr gazlarni oʻz vaqtida yetkazib berishyapti. Avvallari 40-45 kunda kelardi, hozir bir oyga ham bormayapti, — deydi “Bogʻ aro” koʻchasida istiqomat qiluvchi isteʼmolchilardan biri Barchinoy aya Erkayeva. – Qishchilik, hammamiz uydamiz. Hozir kunda ikki-uch mahal qozon qaynatamiz, choy qoʻyamiz. Gaz idorasi xodimlariga rahmat. Ballonimizdagi gaz tugagunga qadar yetkazib kelishyapti va oʻrnida boshqa gaz toʻla ballonga almashtirib berishyapti. Baraka topishsin”.
Izboskan tumanidagi 40 ming isteʼmolchida 45 613 ta maishiy gaz ballonlari mavjud. Shundan 37 837 donasi ijara shartnoma asosida taʼminotchi tomonidan tarqatilgan. Joriy yilning shu kuniga qadar aholiga 1000 tonnadan ziyod suyultirilgan gaz yetkazib berildi. Isteʼmolchilarni oʻz vaqtida gaz bilan taʼminlashda jamiyatning “Izboskantumangaz” gaz taʼminoti boʻlimi xodimlari fidoiylik bilan mehnat qilmoqdalar.
“Hududgaz Andijon” gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati