Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
“Hududgazta’minot” AJga Ijro.gov.uz idoralararo elektron nazorat tizimi orqali bir qator Prezident va Hukumat hujjatlari asosida topshiriqlar yuklatilgan.
Prezident hujjatlari bo‘yicha: 📄 Jami 216 ta hujjat (jumladan: 1 ta qonun, 31 ta farmon, 86 ta qaror, 1 ta farmoyish, 97 ta bayon) asosida 738 ta topshiriq yuklatilgan. ✅ Shundan bugungi kunga qadar 655 tasi (88,7%) bajarilgan.
Hukumat hujjatlari bo‘yicha: 📄 Jami 251 ta hujjat (jumladan: 9 ta rayosat bayoni, 26 ta qaror, 8 ta farmoyish, 73 ta Bosh vazir bayoni, 135 ta topshiriq) asosida 483 ta topshiriq ijrosi belgilangan. ✅ Bugungi kunga qadar 450 tasi (93,1%) bajarilgan. 📍 Har bir ijrochi kesimida yo‘l xaritalari tasdiqlangan va ularning ijrosi doimiy nazoratga olingan.
🗓 Shuningdek, topshiriqlar ijrosini tizimli tashkil etish maqsadida, har dushanba kuni Boshqaruv raisi huzurida, har juma kuni rais o‘rinbosarlari huzurida ijro muddati yaqinlashayotgan va bajarilmagan topshiriqlar bo‘yicha muhokamalar o‘tkazib borilmoqda.