Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
"Hududgaz Navoiy" gaz taʼminoti filiali va uning shahar, tumangaz gaz taʼminoti bo‘limlari xodimlari tomonidan aholiga tabiiy gazni bir maromda va uzluksiz yetkazib berilishini taʼminlash borasida qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
Xususan, isteʼmolchilarga tabiiy gazni yetkazishda maromiylikni taʼminlash maqsadida hududlar bo‘ylab gaz taqsimlash qurilmalarida rejim-sozlash ishlari olib borilmoqda. Chilangarlar bosimni bir meʼyorga keltirish, GTQ larda texnik nazorat tadbirlarini astoydil bajarishmoqda.
Jarayonlar davom etmoqda.
"Hududgaz Navoiy" gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati