Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
“Hududgaz Namangan” gaz ta’minoti filiali tomonidan viloyat aholisini tabiiy gaz bilan bir maromda ta’minlash yo‘lida izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Tizimda olib borilayotgan keng ko‘lamli chora-tadbirlar gaz ta’minoti barqarorligini ta’minlash, mavjud tarmoqlarni modernizatsiya qilish hamda iste’molchilarga sifatli xizmat ko‘rsatishni maqsad qilgan. Xususan, hududlarda gaz tarmoqlarini ta’mirlash va bo‘yoqlash ishlari olib borilmoqda. Maʼnan eskirgan quvurlar bosqichma-bosqich yangisiga almashtirilmoqda.
Shuningdek, soha mutaxassislari tomonidan aholi o‘rtasida tabiiy gazdan oqilona va xavfsiz foydalanish bo‘yicha targ‘ibot tadbirlari olib borilmoqda.
"Hududgaz Namangan" gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati