Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Margʻilon shahri “Pichoqchi” MFYda sayyor qabul oʻtkazilib, unda aholi murojaatlari oʻrganildi. Xususan, yangi tabiiy gaz tarmogʻiga ulanish uchun isteʼmolchi yashash xonadoniga hisob raqam ochilishi tartibi hamda hisob-kitob masalasi va toʻlov tizimidagi baʼzi muammolar, xavfsizlik bilan bogʻliq boshqa bir qator murojaatlar hal etildi, tegishli tartibda tavsiyalar berildi.
Kelib tushgan muammolarning oʻrganilishi jarayonida tabiiy gazdan toʻgʻri foydalanish hamda energotejamkor gaz yondirgichlarning afzalliklari haqida maʼlumot berildi.
Shuningdek, tabiiy gazni tejash barcha isteʼmolchining asosiy vazifasi ekanligi, energotejamkor gaz yondirgichlaridan foydalangan holda uni tejash mumkinligi toʻgʻrisida tushuntirildi.