Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Gaz ta’minoti tizimidagi xodimlar va iqtidorli yoshlarning mantiqiy bilimlarini oshirish, ularni saralash va intellektual oʻyinlarga keng jalb qilish, qoʻllab-quvvatlash, tizim xodimlarining intellektual salohiyatini yuksaltirish maqsadida “Hududgaz Toshkent” gaz taʼminoti filiali Boshlangʻich kasaba uyushmasi qoʻmitasi tomonidan Nurafshon shahrida joylashgan “Yoshlar markazi” binosida filial tizimidagi tuman va shahar gaz taʼminoti boʻlimlarida shakllantirilgan 23 ta jamoalar oʻrtasida “Zakovat” intellektual oʻyini oʻtkazildi.
115 nafardan ortiq xodimlar jalb qilingan oʻyinlarda “Yangiyoʻltumangaz” GTB jamoasi 1-oʻrin, “Olmaliqshahragaz” GTB jamoasi 2-oʻrin va “Suyultirilgan gaz taʼminoti” jamoasi 3-oʻrinni egalladi. Yuqori natijalarni egallagan jamoalarga esdalik sovgʻalari va diplomlar topshirildi.
Bunday tadbirlar xodimlarni ilm-fan, bilimni yanada kuchliroq egallashga undadi. Ko‘zlangan maqsad esa ular orasida ilm olishga qiziqishni shakllantirish, kitobxonlikni targʻib qilish va rivojlantirishdir. Shu o‘rinda tadbirni tashkillashtirishda yaqindan yordam bergan Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Toshkent viloyat boʻlimi va Toshkent viloyat “Yoshlar markazi” maʼmuriyatiga oʻz minnatdorchilik bildiramiz.
“Hududgaz Toshkent” gaz taʼminoti filiali Boshlangʻich kasaba uyushmasi qoʻmitasi.