Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
“Energetika xavfsizligi – davlat xavfsizligi” shiori ostida tashkil etilgan mazkur seminar har ikkala tuman prokuraturasi hamkorligida tashkil etilib, unda energiya manbalaridan xavfsiz va oqilona foydalanish bo‘yicha fikr-mulohazalar almashildi.
Oltinko‘l tumanining “Saroy-2” mahalla fuqarolar yig‘inida tashkil etilgan tadbirda “Oltinko‘ltumangaz” gaz ta'minoti bo‘limi tomonidan yig‘ilganlarga tabiiy va suyultirilgan gazdan xavfsiz foydalanish, tabiiy resurslarni iqtisod qilgan holda sarflash, energiyatejamkor gaz jihozlaridan foydalanish va ularning afzalliklari haqida tushunchalar berildi.
Baliqchi tumanida o‘tkazilgan seminarda ham tashrif buyurganlarga energiyatejamkor gaz jihozlarining afzalliklari haqida keng tushunchalar berildi. Shuningdek, energiyani tejash va undan xavfsiz foydanalanish bo‘yicha mutaxassislar tomonidan tushunchalar berildi.
“Hududgaz Andijon” gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati