Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
"Yangiqo'rg'ontumangaz" gaz ta’minoti bo‘limining gaz ta’minoti obyektlarini texnik tiklash va ishlatish xizmati xodimlari “ArcGIS Quick Capture” ilovasi orqali har kuni bajarilgan ishlar yuzasidan ma’lumotlarni “ArcGIS–HGT Onlayn boshqaruv” tizimiga onlayn tarzda yuborishmoqda.
Jarayonlar natijasida tizimga kelib tushgan ma’lumotlar avtomatik ravishda umumlashtirilib, tahlil qilinadi. Natijada har bir xodimning mehnat faoliyati, shuningdek, lavozim yo‘riqnomasida belgilangan vazifa va majburiyatlarning to‘liq hamda sifatli bajarilishi ustidan doimiy nazorat olib borish imkoniyati yaratildi.
Sohada raqamlashtirish jarayonlarining kengayishi gaz quvurlari va qurilmalarini masofadan turib onlayn nazorat qilish, yuzaga keladigan avariya va nosozliklarni tezkor aniqlash hamda ularni qisqa fursatda bartaraf etish imkoniyatlarini yanada kengaytiradi. Bu esa, o‘z navbatida, gaz ta’minoti tizimining barqaror ishlashini ta’minlash hamda iste’molchilarga ko‘rsatilayotgan xizmat sifatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
"Hududgaz Namangan" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati