Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Gaz taʼminoti xodimlari va FVB xodimlari tomonidan Toshkent shahri tumanlarida “Yong‘in xavfsizligi oyligi” hamda “Energetika xavfsizligi oyligi” o‘tkazilishi yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilib, targ‘ibot materiali tarqatildi.
Xususan masʼullar Shayxontohur tumanidagi 320-sonli maktab va Mirobod tumanidagi 175-sonli umumiy o‘rta ta‘lim maktabida bo‘lib, o‘quvchilarga "Is gazidan zaharlanishning oldini olish" mavzusida qiziqarli targ‘ibot darslarini o‘tishdi. Mutaxassislar sinf o‘quvchilariga is gazi bo‘yicha keng ma‘lumot berib, yoshlarni qiziqtirgan savollariga javoblar berishdi.
O‘tkazilgan o‘quv soati o‘quvchi yoshlar orasida uchrashi mumkin bo‘lgan baxtsiz hodisalarning oldini olish bilan birga yosh avlod uchun qiziqarli hamda kerakli ma‘lumotlarga boy bo‘ldi.Shuningdek tadbir davomida favqulodda vaziyatlardan biri zilzila sodir bo‘lganda harakatlanish tartibi hamda energiya tejamkorlik yuzasidan tushunchalar berildi.