Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Surxondaryo viloyatida kuz-qish mavsumida tabiiy gaz yetib borishi qiyin bo‘lgan hududlarga o‘z vaqtida suyultirilgan gaz yetkazish, har qanday ob-havoda ta’minot uzluksizligini ta’minlash masalasiga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Ayniqsa, olis hududlar aholisini ta’minotsiz qoldirmaslik, maishiy gaz ballon tashishda xavfsizlikni ta’minlash maqsadida zarur choralar ko‘rildi.
Ish jarayonida "Sherobodtumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi chilangarlari aholiga sifatli xizmat qilishga harakat qilishib o‘z vaqtida suyultirilgan gaz ballonlar yetkazilmoqda.
“Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati