Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
“Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filiali tomonidan tabiiy gaz yetib bormagan hududlarda yashovchi aholini o‘z vaqtida suyutirilgan gaz bilan ta’minlash maqsadida ko'plab xayrli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Bugun Bandixon tumanida aholini suyultirilgan gaz bilan ta'minlash uchun "Diyor Bandixon gaz" MCHJ tomonidan markazlashan suyultirilgan gaz tarqatish shahobchasi foydalanishga topshirildi. Ushbu yangilik tumanimiz aholisi uchun quvonchli xabar bo'ldi desak yanglishmagan bo'lamiz. Shu kungacha aholimizga suyultirilgan gaz qo'shni tumanlardan tashib keltirilgan. Endi suyultirilgan gaz yetkazib berish vaqti yanada tez va oson kechadi.
Ma'lumot uchun: Bugungi kunda tumanda jami 16 448 ta aholi xonadonlariga suyultirilgan gaz yetkazib beriladi. 40-45 kun muddatda 4 dona maxsus transport orqali gaz tarqatiladi.
"Hududgaz Surxondaryo" gaz ta’minot filiali matbuot xizmati