Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Aytish kerakki, bugungi kunda gaz taʼminoti sohasida “mahallabay” ishlash tizimi yo‘lga qo‘yilgani maqsadga muvofiq bo‘ldi. Bu aholini, xususan, har bir mahalladagi isteʼmolchilarning tabiiy va suyultirilgan gaz bilan bog‘liq muammolarini tezkor va joyida hal etish imkonini bermoqda.
Xonadonlarga “zangori yoqilgʻi”ni yetkazish uchun gazchilar kechayu-kunduz mehnat qiladilar. Ayrim vaqtlarda hatto oila aʼzolariga vaqt ajratish ham mushkul boʻlib qoladi. Chunki bu kasb katta masʼuliyat va doimiy hushyorlikni talab qiladi.
“Xalqimiz xonadoniga iliqlik ulashish va ularning xavfsizligi uchun doim xizmatdamiz”.
Endilikda belgilangan mahalla fuqarolar yig‘ini binosidan gazchilar uchun ham alohida xona ajratgan. Shu yerning o‘zida isteʼmolchi gaz bilan bog‘liq murojaatini bildirish va unga yechim topish imkoniga ega bo‘ladi.
"Hududgaz Surxondaryo" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati