Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Har bir murojaat ortida qaysidir bir yurtdoshimizning taqdiri yotadi. Buni yaxshi anglagan “Hududgaz Andijon” gaz ta’minoti filiali xodimlari ham har bir murojaatni o‘rganishda murojaatchi bilan uchrashib, muammoning asl maqsadini o‘rganishga harakat qiladilar.
Joriy yilning 1-choragida “Hududgaz Andijon” gaz ta’minoti filiali va uning hududiy bo‘limlariga jismoniy va yuridik shaxslardan jami 2 825 ta murojaat kelib tushgan. Ushbu murojaatlarning 1 383 ta virtual qabulxonalar orqali kelib tushgan bo‘lsa, qolgan murojaatlarning 916 tasini og‘zaki, 378 tasini yozma, hamda 148 tasini “Ishonch telefonlari” orqali kelib tushgan murojaatlar tashkil qiladi.
“Bizga kelib tushayotgan aksariyat murojaatlar o‘z yechimini topmoqda, - deydi “Hududgaz Andijon” gaz ta’minoti filialining “Nazorat va murojaatlar bilan ishlash” bo‘limi mutaxassisi Bahodirjon To‘xtasinov. - Barcha murojaatlar Filial va uning bo‘limlaridagi ijro nazorati mutaxasislari tomonidan to‘liq nazoratga olingan. 1-chorak davomida kelib tushgan murojaatlarning 2 304 ta (82 %)si ijobiy hal etilgan yoki murojaatchining talabi qanoatlantirilgan bo‘lsa, 357 nafar (13 %) murojaatchiga tushunchalar berilgan. Ayni paytda esa 161 ta (5 %) murojaat o‘rganish jarayonida...”
O‘tgan davr mobaynida “Hududgaz Andijon” gaz ta’minoti filiali ma’muriyatiga bevosita 279 nafar jismoniy va 98 nafar yuridik shaxslar ariza va shikoyatlar bilan murojaat etganlar. Ushbu 377 ta murojaatning 347 tasi ijobiy hal etilgan bo‘lsa, 30 ta murojaat o‘rganilmoqda.
Filialga kelib tushgan murojaatlarning 72 tasida tabiiy gaz ta’minoti to‘g‘risidagi masalalar ko‘tarilgan. 4 nafar murojaatchi tabiiy gaz bilan gazlashtirish to‘g‘risida, 195 nafari foydalanilgan tabiiy gaz uchun to‘lovlardagi muammolar xususida murojaat qilganlar. 92 ta murojaatda suyultirilgan gaz ta’minoti bilan bog‘liq murojaatlar bayon etilgan. Qolganlarida esa moliyaviy va boshqa turdagi masalalarni yechish haqida jismoniy va yuridik shaxslar murojaat etgan.
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, “Hududgaz Andijon” gaz ta’minoti filiali va uning hududiy bo‘limlariga kelib tushayotgan murojaatlarning aksariyati hal etilmoqda yoki tushuncha berilib, murojaatchining ko‘ngli olinmoqda. Bugun jamiyat tizimida har bir murojaatchiga iste’molchi sifatida qaralib, ta’minotni yanada yaxshilash uchun qilgan murojaatlaridan kerakli xulosalar qilinmoqda.
“Hududgaz Andijon” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati