Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Bugun “Hududugaz Andijon” gaz ta’minoti filiali tomonidan viloyat bo‘yicha 492 mingdan ortiq iste’molchilarga 625 mingga yaqin maishiy gaz ballonlari orqali suyultirilgan gaz yetkazib berilmoqda. Barcha iste’molchilarga 5 ta gaz to‘ldirish stansiya va shoxobchalari orqali suyultirilgan gaz yetkazib berish yo‘lga qo‘yilgan.
“Tumandagi 64 mahalla qatori, “Yangi ko‘rpa” mahalla fuqarolar yig‘inidagi 359 nafar iste’molchilarni ham bir maromda suyultirilgan gaz bilan ta’minlanib kelmoqdamiz, - deydi “Jalaquduqtumangaz” gaz ta’minoti bo‘limining aholiga suyultirilgan gaz yetkazib berish xizmati bo‘lim mutaxassisi Kamoldin Jabborov. - Suyultirilgan gaz yetkazib berishning onlayn tizimga o‘tish munosabati bilan ushbu mahalladagi barcha iste’molchilar to‘la ID karta va ularning 494 dona maishiy gaz ballonlari bar-kodli yorliqlar bilan ta’minlangan. Yil boshidan beri ushbu MFYga iste’molchilariga 15 tonnaga yaqin suyultirilgan gaz yetkazib berilgan bo‘lib, amalda belgilangan reja 110 foizga bajarilmoqda...”
Viloyatimiz aholi xonadonlari va boshqa turdagi iste’molchilarga joriy yilning 1-choragi davomida 22 ming 267 tonna suyultirilgan gaz iste’molchilarga yetkazildi. Bu degani, 1 million 113 ming 350 dona maishiy gaz ballonlari “aylanma” usul orqali almashtirilib berildi, demakdir. O‘tgan vaqt mobaynida, belgilangan rejani “Qorasuvshahargaz” gaz ta’minoti bo‘limi 115 foizga, “Xo‘jaobodtumangaz” 113 foizga, “Marhamattumangaz” va “Ulug‘nortumangaz” gaz ta’minoti bo‘limlari 110 foizga, Baliqchi, Buloqboshi va Izboskan tumanlari xodimlari ham 108 foizdan oshirib bajardilar.
"Hududugaz Andijon" gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati