Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Yangiobod tumanida aholining maishiy ehtiyojlarini qondirish maqsadida suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish ishlari tizimli ravishda amalga oshirilmoqda. Tumandagi barcha mahallalarda gaz ta’minoti bilan bog‘liq masalalarga alohida e’tibor qaratilib, fuqarolarning murojaatlari tezkorlik bilan ko‘rib chiqilmoqda.
Hozirgi kunda gaz ta’minoti xizmati tomonidan maxsus transport vositalari orqali suyultirilgan gaz ballonlari aholi xonadonlariga o‘z vaqtida va xavfsizlik qoidalariga rioya qilingan holda yetkazib berilmoqda. Bu esa aholining roziligi va qulay yashash sharoitini ta’minlashga xizmat qilmoqda.
“Hududgaz Jizzax” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati