Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Jizzax viloyatida aholiga yanada barqaror va xavfsiz tabiiy gaz yetkazib berishni ta’minlash maqsadida zamonaviy gaz taqsimlash punktlari o‘rnatilmoqda. Xususan, “Hududgaz Jizzax” gaz ta’minoti filiali va “Oʻzenergoinspeksiya”ning Jizzax hududiy boshqarmasi mutaxassislari Jizzax shahri “Oqqoʻrgʻonlik” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida olib borilayotgan qurilish va montaj ishlari bilan yaqindan tanishdi.
Tashrif davomida yangi tizimning texnik imkoniyatlari, xavfsizlik talablari va energosamaradorlik darajasi o‘rganildi. Mutaxassislar ushbu tizimlar orqali gaz ta’minoti yanada barqarorlashishini, bosim pasayishi kabi muammolar kamayishini va energiya resurslaridan tejamkorlik bilan foydalanish imkoniyati ortishini ta’kidlashdi.
“Hududgaz Jizzax” GTF vakillari mazkur ishlar bosqichma-bosqich viloyatning boshqa hududlarida ham amalga oshirilishini ma’lum qildi.