Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Yangiobod tumanida aholining maishiy ehtiyojlarini qondirish va qulaylik yaratish maqsadida suyultirilgan gaz ballonlari reja-grafik asosida aholiga muntazam yetkazib berilmoqda. Mazkur chora-tadbirlar natijasida aholining kundalik yashash sharoitlari yanada yaxshilanmoqda.
Hududlarda belgilangan jadval asosida olib borilayotgan gaz ta’minoti aholining mamnunligiga sabab bo‘lmoqda. Ko‘plab fuqarolar ushbu xizmatdan mamnun ekanliklarini bildirishmoqda hamda gaz ballonlarining o‘z vaqtida yetkazib berilishi uchun mutasaddi tashkilotlarga minnatdorlik izhor etishmoqda.
"Yangiobod tumangaz" gaz ta'minoti bo'limi, aholi ehtiyojini doimiy o‘rganib, gaz ta’minotini barqaror amalga oshirish yo‘lida faol ish olib bormoqda.