Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
2025 yilning yanvar-aprel oylarida Jizzax viloyati aholisi va ijtimoiy soha obyektlarini suyultirilgan gaz bilan barqaror ta’minlash maqsadida tizimli ishlar amalga oshirildi.
Viloyat bo‘yicha jami 132 398 ta aholi xonadoni suyultirilgan gaz bilan ta’minlandi. “Hududgaz Jizzax” gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan shu davr ichida aholiga va ijtimoiy obyektlarga 7 278,83 tonna suyultirilgan gaz yetkazib berildi.
Aholi ehtiyojlaridan kelib chiqib, 2025 yil davomida 3 000 dona yangi maishiy gaz balloni viloyatga yetkazildi va iste’molchilarga tarqatildi. Bu esa hududdagi gaz ta’minotining sifatini oshirish va mavjud ehtiyojni qondirishga xizmat qilmoqda.
Mazkur chora-tadbirlar viloyat aholisi farovonligi, energiya resurslaridan samarali foydalanish hamda gaz ta’minoti tizimining yanada takomillashtirilishini ta’minlashga qaratilgan.