Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Har bir tashkilotning yuragi — unda mehnat qilayotgan fidoyi insonlardir.
"Gulistontumangaz" gaz ta’minoti bo‘limida bunday fidoyi xodimlardan biri — Meliqulova Umida Muxtarovna hisoblanadi.
U nazorat va murojaatlar bo‘limida yetakchi mutaxassis lavozimida 15 yil 3 oydan buyon xizmat qilib kelmoqda. Bu yillar mobaynida u o‘z ishiga mas’uliyat bilan yondashgan, har bir murojaatga e’tiborli, hujjatlarga aniqlik bilan yondashadigan xodim sifatida tanilgan.
Umida opa doimiy tartib, halollik, xushmuomalalik bilan ajralib turadi. U nafaqat ishda, balki jamoadoshlar orasida ham hurmat-e’tiborga sazovor. Tajribasi va sabr-bardashi bilan ko‘pchilikka namuna bo‘lib kelmoqda.
Bugun “Xodim qahramon” rukni orqali biz Umida opaning mehnatini e’tirof etdik. Chunki qahramonlik — bu har kuni e’tibor markazida bo‘lmasdan turib ham fidoyilik bilan xizmat qilishdir.