Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Bugun Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Jizzax viloyat boshqarmasi xodimlari hamkorligida "Hududgaz Jizzax" GTFda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlarini oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbir davomida sohaga oid qonunbuzarliklar, ularning oqibatlari va ularni bartaraf etish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi. Xodimlarga qonuniylik, halollik va fuqarolik mas'uliyatining muhimligi ta’kidlab o‘tildi.
"Noqonuniy foydalanish – nafaqat jinoyat, balki jamiyatga yetkazilgan zarardir", — deyiladi targ‘ibot davomida.
"Hududgaz Jizzax" GTF va huquqni muhofaza qiluvchi organlar birgalikda iste'molchilar o‘rtasida qonuniylikni ta'minlashda faoliyatini davom ettiradi.